Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanadada mamlakat tarixida eng katta jekpot o‘ynaldi

Kanadada mamlakat tarixida eng katta jekpot o‘ynaldi

Foto: «RIA Novosti»

Kanadada mamlakat tarixida eng yirik jekpot — 70 million Kanada dollariga teng lotereya chiptasi o‘ynaldi (qariyb 53 million AQSh dollari), deya xabar berdi «CBC» telekanali.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Lotto Max» milliy lotereyasi yutuqli chiptalari Ontario provinsiyasida joylashgan Brampton shahrida sotuvga chiqarilgan.

Bundan tashqari, har qaysisi bir million Kanada dollaridan (qariyb 770 ming AQSh dollari) iborat oltita chipta o‘ynalgan. Ular ham Ontario provinsiyasining turli hududlarida xarid qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring