Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kampirining ko‘nglini olaman deb bir million funt sterling yutib oldi

Kampirining ko‘nglini olaman deb bir million funt sterling yutib oldi

Foto: «Daily Mirror»

Britaniyalik Kevin Frensis kampirining ko‘nglini ko‘taraman deb bir million funt sterling yutib oldi, deya xabar berdi «Daily Mirror».

Nashrning yozishicha, choli tushmagur qisman harakatlanolmay qolgan 75 yoshli kampiri Brendaga har biri 5 funt turadigan ikkita «Merry Millions» lotereyasini olib keladi.

Shundan so‘ng chol-kampir birgalikda kartadagi himoya qatlamini o‘chirishdi. Kevin bundoq qarasa, bir million funt sterling yutug‘i turibdi. U ancha paytgacha ko‘zlariga ishonmadi. Uning aytishicha, lotereyani shunchaki kampirining ko‘nglini ko‘tarish uchun sotib olgandi.

— Men shokka tushib qoldim. Bir soatgacha tilim kalimaga kelmadi. Brendaga yutuq haqida aytganimda u meni hazillashyapti deb o‘yladi, — deb so‘zlab berdi Frensis.

Yangi millioner bu pullarni ekzotika yoki sport avtomobillariga sarflamasligini, bir qismini azaliy orzusi suzishni o‘rganishga ajratish niyati borligini, shuningdek, yutuq chol-kampirning ehtiyojlariga ishlatilishini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring