Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jurnalist qizga jonli efir vaqtida hujum qilindi (video)

Jurnalist qizga jonli efir vaqtida hujum qilindi (video)

Skrinshot

Kiyevda noma’lum shaxs Ukrainaning NewsOne telekanali jurnalisti Violetta Tovkesga  hujum qildi. Tovkes Ochlik qurbonlariga bag‘ishlangan xotirlash marosimida jonli efir qilayotgan bo‘lgan. Bu haqda kanal saytida xabar berilgan.

«Niqob kiygan bir kishi unga yaqinlashdi, qo‘lidan mikrofonni urib, qizni itarib yubordi. Shu bilan birga, u hissiyot bilan bir nimalar deb qichqirdi va yurib ketdi», - deyiladi telekanal xabarda. Tovkes politsiyaga murojaat qilishga qaror qilgan.

Kanal rahbariyati aybdorni topib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishni talab qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada 1932-33-yillarda sodir bo‘lgan ochlik tufayli 3-7 mln. kishi vafot etgani aytiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring