Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST ijrochi direktori Piter Salama 51 yoshida vafot etdi

JSST ijrochi direktori Piter Salama 51 yoshida vafot etdi

Foto: UNICEF

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ijrochi direktori, «Chegara bilmas shifokorlar» harakati sobiq a’zosi Piter Salama 52 yoshida vafot etdi. Ushbu qayg‘uli xabarni JSST bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus ma’lum qildi.

«Hamkasbim va do‘stim, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ijrochi direktori Piter Salama bevaqt olamdan o‘tganidan chuqur qayg‘udaman. Piterning oilasi, do‘stlari va hamkasablariga hamdardmiz», —  deya Tedros Adan Gebreyesus «Twitter»da yozuv qoldirdi.

Avstraliyada tug‘ilgan Salama vrach-epidemiolog edi. JSSTga 2016-yilda ishga kelgan, bungacha 14 yil mobaynida BMT Bolalar fondi (YuNISEF), «Chegara bilmas shifokorlar» harakati hamda «Concern Worldwide»da turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Oxirgi yillarda JSSTda ehtiyojmandlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha ishlab kelayotgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring