Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 700 nafardan oshdi

Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 700 nafardan oshdi

Janubiy Koreyada koronavirus kasalligiga chalinganlar soni 700dan oshib ketdi. Xabar qilinishicha, oxirgi bir sutka davomida 161 kishi infeksiya yuqtirib olgan.

Mamlakat bo‘ylab koronavirusdan og‘riganlar soni 763 kishiga yetdi. Shu vaqtga qadar 7 kishi kasallikdan vafot etgan. Kasal bo‘lganlarning aksariyati «Iisus Sinchxodji cherkovi» sektasi a’zolari ekani aytilmoqda. Biroz vaqt muqaddam Janubiy Koreya aholisi ushbu sektani yopishni talab qilgani aytilgan edi.

Ayni vaqtda Janubiy Koreya koronavirus tarqashi bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinda turibdi.

Manba: lenta.ru

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring