Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Interpolning sobiq rahbari poraxo‘rligiga iqror bo‘ldi

Interpolning sobiq rahbari poraxo‘rligiga iqror bo‘ldi

Men Xunvey.

Foto: «Interfax»

Interpolning sobiq rahbari Men Xunvey korrupsiya bo‘yicha ish ko‘rilayotgan sudda aybiga iqror bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent» xabar bermoqda.

Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Xunvey 2005—2017-yillar davomida tadbirkorlar va xususiy shaxslardan jami qiymati 2 million dolarga teng pora olganini tan oldi.

Ta’kidlash kerakki, Xunvey 2018-yilning sentyabrida Fransiyadagi Interpol ofisini tark etib, Xitoyga uchib ketgan va yo‘qolib qolgandi. O‘shanda xotini Greysning aytishicha, undan olingan so‘nggi xabar qo‘ng‘iroqni kutish kerakligi haqida bo‘lgan. Shu xabardan ko‘p o‘tmay ayolga pichoq tasvirlangan smaylik jo‘natiladi.

Xitoy hukumati Xunvey oktyabr oyida hibsga olinganini ma’lum qilgan. Shu bayonotdan so‘ng Interpol Xunveyning ishdan bo‘shash to‘g‘risidagi arizasini olgan va qanoatlantirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring