Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Indoneziya sobiq prezidenti vafot etdi

Indoneziya sobiq prezidenti vafot etdi

Foto: «IDN Times»

Indoneziyaning sobiq prezidenti Baxaruddin Yusuf Habibi 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Jakarta Post» xabar berdi.

Habibining sog‘lig‘i dushanba, 9-sentyabr kuni yomonlashganidan so‘ng Jakartadagi harbiy shifoxona reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan edi.

Ma’lumot uchun: Baxaruddin Yusuf Habibi texnik yo‘nalishda ta’lim olib, keyinchalik texnologiyalar va tadqiqotlar vaziri bo‘lgan. To 1999-yili parlament yangi yetakchini saylagunga qadar, 1998-yildan Indoneziya prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring