Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Impichment mojarosi: Tramp yana yutib chiqdi

Impichment mojarosi: Tramp yana yutib chiqdi

Foto:«The Times of Israel»

AQSh Senatida prezident Donald Tramp impichmenti bo‘yicha yakuniy ovoz berish natijalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 52 nafar senator impichmentga qarshi ovoz bergan, 48 nafari esa qo‘lllagan. Trampni hokimiyatdan mahrum etish uchun kamida 67 senator qarshi ovoz berishi lozim edi.

Partiyalar bo‘yicha bo‘linishlarga keladigan bo‘lsak, barcha demokratlar Trampga qarshi ovoz bergan, faqatgina respublikachi Mitt Romni ularga hayrihohlik bildirgan. Qolgan respublikachilar yakdillik bilan amaldagi prezidentni himoya qilgan.

Xullas, Donald Tramp kamida amaldagi muddati tugaguncha AQShga rahbarlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, dekabrda Trampga Kongress ishiga aralashish va boshqa ayblovlar bilan impichment e’lon qilingan, yakuniy qaror esa Senatga qolgandi. 

AQSh tarixida so‘nggi bor Richard Nikson impichment sabab hokimiyatdan chetlatilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring