Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda ishchilar oylik bermagani uchun iPhone zavodini vayron qilishdi

Hindistonda ishchilar oylik bermagani uchun iPhone zavodini vayron qilishdi

Foto: «Newsflare»

Hindistonning Karnataka shtatida ishchilar «Apple» telefonlarini ishlab chiqaradigan zavod idorasini vayron qilishdi. Guvohlar tomonidan olingan videoni «Newsflare» veb-saytiga joylagan.

Karnatakadagi «Winstrom Corp» kompaniyasi zavodi oldida minglab odamlar to‘planishdi. Ular ish haqining bir qismini olganligidan shikoyat qilib, oylikni to‘liq to‘lab berishlarini talab qilishdi. Mojaro tartibsizliklarni keltirib chiqardi, ishchilar mashinaga o‘t qo‘yishdi. Shundan so‘ng politsiya namoyishchilarni tarqatib yubordi.

Tayvanning «Winstrom Corp» kompaniyasi «Apple» kompaniyasining pudratchisi hisoblanadi. Uning Karnatakadagi zavodida budjetbop iPhone SE telefonlari ishlab chiqariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring