Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston Oliy sudi mamlakat nomini o‘zgartirish haqidagi sud ishini keyinga qoldirdi

Hindiston Oliy sudi mamlakat nomini o‘zgartirish haqidagi sud ishini keyinga qoldirdi

Foto: «Yandex.by»

Hindiston Oliy sudi seshanba kuni mamlakat nomini tarixiy «Bxarat» nomiga o‘zgartirish uchun konstitutsiyaga tuzatish kiritish haqidagi sud ishini boshqa kunga qoldirdi, deya xabar berdi «India Today».

Sud ishi o‘tkaziladigan yangi sana ma’lum emas.

«Hindiston» so‘zini ishlatishni bas qiling. Bu mazkur yurt fuqarolariga mustamlaka o‘tmishini yengib, milliy g‘urur tuyg‘usining uyg‘onishiga imkon beradi», — deyiladi Nyu-Dehlida yashovchi Namaxning arizasida.

Uning ta’kidlashicha, mamlakat nomi hujjatlarda turlicha yoziladi — «Hindiston Ittifoqi», «Hindiston Respublikasi» va «Bxarat Sarkar» (hindi tilida «Hindiston Respublikasi») nomlari qo‘llaniladi.

Hindiston konstitutsiyasining 1-moddasiga binoan, ikkala nomga ham ruxsat berilgan. Unda, xususan, «Hindiston, shuningdek, Bxarat shtatlar ittifoqi hisoblanadi» deyilgan.

OAVning yozishicha, bu shunga o‘xshash birinchi ariza emas. 2016-yil mart oyida ham Oliy sud shunga o‘xshash iltimosnomani rad etib, sudyalar hay’ati da’vogarni mamlakat aholisi his-tuyg‘ulari bilan o‘ynashmaslikka chaqirgandi.

Taxminlarga ko‘ra, mamlakat nomi sanskrit tilida «daryo» degan ma’noni anglatuvchi «sindxu» so‘zidan kelib chiqqan. Ko‘pincha bu so‘z bilan Hind daryosi ataladi. «Bxarat» so‘zi Hind subkontinentining barcha yerlarini zabt etib, birlashtirgan afsonaviy hukmdor Bxarat nomi bilan bog‘liq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring