Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston ikki million kishini Bangladeshga deportatsiya qilishi mumkin

Hindiston ikki million kishini Bangladeshga deportatsiya qilishi mumkin

Foto: «DW»

Hindiston hukumati mamlakatdan 2 mln. kishini chiqarib yuborishi mumkin. Bu haqda bugun, 31-avgust kuni «NDTV» telekanali xabar berdi.

Deportatsiyaga fuqarolar milliy reyestrida bu odamlarning nomlari yo‘qligi sabab sifatida keltirilmoqda. «Qora ro‘yxat»ga tushgan insonlar asosan mamlakat shimoli-sharqidagi Assam shtatida yashashadi, agarda deportatsiya amalga oshsa, ular Bangladeshga jo‘natiladi.

Ma’lumot uchun: Hindiston fuqarolar milliy reyestriga tegishli hududda Bangladesh mustaqil bo‘lgan 1971-yilning 24-martiga qadar yashaganini isbotlovchi dalillarga ega kishilar va kiritiladi.

Hozir Assam shtatining aholisi soni — 35 million kishi. Aholining taxminan 1/5 qismini bengallar tashkil etadi. Mintaqa hukumati noqonuniy migrantlarni aniqlash uchun aholini ro‘yxatdan o‘tkazgandi. Ana shu jarayonda kerakli hujjatlarga ega bo‘lmagan 2 million kishi aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring