Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Havo haroratining ko‘tarilishi natijasida Markaziy Osiyoda qahva yetishtirish mumkin

Havo haroratining ko‘tarilishi natijasida Markaziy Osiyoda qahva yetishtirish mumkin

Foto: Telegram/Ekologuz

Havo haroratining yildan yilga ko‘tarilishi Markaziy Osiyoda zaminga xos bo‘lmagan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishga imkon beradi. Bu haqda «Ekologuz» kanali xabar berib o‘tdi.

Fransiyaning «Agrenium» qishloq xo‘jaligi kompaniyasining xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Eten Sur Ashxabodga tashrifi chog‘ida Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universiteti o‘qituvchilari bilan mamlakatda qahva yetishtirishning istiqbollarini muhokama qildi.

Muzokaralarning tafsilotlari, xususan, ushbu uchrashuv tashabbuskori qaysi davlat ekani, Turkmanistonning qaysi viloyatida qahva yetishtirilishi haqidagi ma’lumotlar oshkor etilmagan.

Shuningdek, uchrashuv davomida Fransiya kompaniyasi vakili Turkmanistonning paxta yetishtirish bo‘yicha tajribasi mamlakatda tatbiq etilishi mumkinligini ham ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring