Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Grenlandiyaning narxi qancha?

Grenlandiyaning narxi qancha?

Foto: «ZME Science»

AQSh prezidenti Donald Tramp, Grenlandiya chindan ham sotilgudek bo‘lsa, naq 10 trillion dollar to‘lashiga to‘g‘ri kelardi. «KP.ru» xabariga ko‘ra, buni Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti moliyaviy menejment kafedrasi professori Konstantin Ordov hisoblab berdi.

Hisob-kitob turdosh orollarning bir kvadrat kilometri 5 million dollar turishidan kelib chiqib amalga oshirildi.

Grenlandiya maydoni 2 130 800 kvadrat kilometrligi va inflyasiya darajasi nazarda tutilsa, rossiyalik professorning xomcho‘tlariga ko‘ra, orolning narxi — taxminan 10 trln. dollar.

«Bu esa AQSh yalpi ichki mahsulotining yarmidan kattaroq va iqtisodiy samarasi juda shubhali», — dedi Ordov.

Uning hamkasbi, shu universitet dotsenti Aleksandr Timofeyevning fikricha, Tramp bekorga Grenlandiyaga ko‘z tikayotgani yo‘q. Bu muzliklar ostida oltin, platina, nodir metallar va neft zaxiralari bor.

AQSh prezidentining Grenlandiyani sotib olish rejasi haqida xabar bergandik.

Grenlandiyaliklarning o‘zi esa AQShning rejalarini eshitib hayron qolishgan va sotilmaliklarini rasman ma’lum qilishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring