Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Grenlandiya yaqinida 512 yoshli tirik akula topildi

Grenlandiya yaqinida 512 yoshli tirik akula topildi

Foto: «Instagram»

«The Sun» yozishicha, olimlar Grenlandiya oroli yaqinida dunyodagi eng keksa tirik akulani aniqlashdi: u 512 yoshda, 1505-yilda — Uilyam Shekspir (1564—1616)dan 59 yil avval tug‘ilgan, deyiladi xabarda.

Foto: «Instagram»
Foto: «Instagram»

Uning yoshini o‘lchamlariga qarab aniqlashdi: aytishlaricha, akula yiliga bir santimetrga o‘sadi. Ushbu nahangning uzunligi esa naq 5,5 metrga teng.

Shimoliy Atlantika suvlarida aniqlangan bu akula yosh jihatidan baliqchilar tomonidan shu paytgacha tutilgan va turli mamlakatlar tadqiqotchilari o‘rganayotgan 28 ta akuladan kattadir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring