Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Grenlandiya aholisi Tramp tufayli o‘z kelajagidan xavotirda

Grenlandiya aholisi Tramp tufayli o‘z kelajagidan xavotirda

Foto: «Newshub»

Grenlandiya aholisi AQShning orol hududida faqat konsulligini ochish bilan cheklanib qolmasligidan xavotirda, deb xabar berdi jurnalistlar Morten Zondergard Larsen va Robbi Greymer «The Foreign Policy» nashri uchun tayyorlangan maqolalarida. Bu haqda «REGNUM» xabar bergan.

Hatto Grenlandiyada ayrim mustaqillik tarafdorlari ham Trampning Grenlandiyadagi rejalarini hisobga olib AQShning konsulligi ochilishiga shubha bilan qarashmoqda.

— Meni ko‘proq Trampning o‘zi xavotirga solmoqda, — deydi Grenlandiyaning Sisimiut shahrida istiqomat qiluvchi Nuno Motsfeldt-Skovgaard. Uning fikricha, Trampning yerni sotib olishga bo‘lgan urinishidan so‘ng shunchaki konsullik ochilishi bilan cheklanib qolmaydi, — deyiladi maqolada.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, Grenlandiya va Daniya rasmiy shaxslari aholining xavotiriga o‘rin yo‘q deyishiga qaramay, Grenlandiyada baribir orol aholisi, oxir-oqibat, AQSh bilan Daniyadan birini tanlashiga to‘g‘ri kelishidan xavotirda.

Eslatib o‘tamiz, oldingi safar fashistlar Germaniyasining istilosi va Daniya okkupatsiyasiga javoban Qo‘shma Shtatlar Grenlandiyada o‘z konsulligini ochishgandi. Grenlandiyada Amerika konsulligi 1940-yildan 1953-yilgacha faoliyat ko‘rsatgan.

Grenlandiya o‘z hukumatiga ega bo‘lib, u ichki siyosatni, jumladan, sog‘liqni saqlash va tabiiy resurslardan foydalanish sohasini nazorat qiladi. Kopengagen esa tashqi siyosat va xavfsizlik masalalarini hal qilish huquqini o‘zida saqlab qolgan. Biroq Daniya ham Grenlandiyada AQSh konsulligining ochilishi bu tartiblarni o‘zgartirib yuborishidan xavotirda.

Avvalroq Oq uydagi manbaga ko‘ra, Tramp bir necha marta maslahatchilaridan Qo‘shma Shtatlarning Grenlandiyani sotib olish bo‘yicha fikrlarini so‘ragan va u orol zaxiralari hamda uning geosiyosiy ahamiyati to‘g‘risidagi muzokaralarni katta qiziqish bilan tinglaganini ma’lum qilgandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring