Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sanjar Mashriqiy

Xudodan so‘rab, bekor yotma! (arman xalq maqoli)

Gonkong va Shinjon Xitoyning o‘gay o‘g‘illari(mi)?

Gonkong va Shinjon Xitoyning o‘gay o‘g‘illari(mi)?

Foto: «Voyennoye obozreniye»

Xitoy zamonamizning eng qudratli davlatlaridan biri. O‘ziga xos siyosat va iqtisodiyotga ega. Shunga qaramay, Xitoyning Gonkong va Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida olib borayotgan siyosati xalqaro miqyosda turli xavotirlarga sabab bo‘lmoqda. Nega Xitoy Gonkong va Shinjonga agressiv munosabatda bo‘lmoqda?

Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumani: adovatlar azaliy…

Hukumat 1990-yilgi ko‘cha namoyishlaridan ortidan va 2008-yilgi Pekin Olimpiada o‘yinlari oldi uyg‘urlarga nisbatan bosimlarni oshirganlikda ayblanadi. Rasmiy Pekin, albatta, o‘z siyosatiga sobit qoldi. 2009-yilga kelib hodisalar haqiqatda avjga chiqdi, Shinjon poytaxti Urumchida kuzatilgan keng ko‘lamli etnik chiqishlarda 200 inson o‘ldirildi. Rasmiylar o‘lganlarning aksari Xitoy xanlari ekanini aytishadi. Xanlar va uyg‘urlar o‘rtasidagi azaliy adovat bugungi hukumatga o‘z ta’sirini o‘tkazgandek.

Hodisalar yuzasidan tafsilotlarni aniqlash juda mushkul bo‘lib qolmoqda, chunki xorijiy jurnalistlarning mintaqaga kirishlari qattiq nazorat qilinadi. Xitoy qonuniy harakatlar qilayotgan bo‘lsa, nega xalqaro doiradan tafsilotlarni yashirmoqda? Yaqin oylarda oddiy odamlarni nishonga olgan kattaroq ko‘lamdagi zo‘ravonliklar kuzatildi. Xullas, uyg‘urlarga munosabat o‘ta yomon.

Uyg‘ur xalqi o‘zbek xalqiga eng yaqin xalqlardan biri bo‘lib, ikki xalq orasidagi o‘xshashlik nafaqat tashqi ko‘rinish, til, urf-odatlar va udumlarda namoyon bo‘ladi, balki ikki tomonning tarixiy shakllanishi va taqdirida ham o‘xshashliklar bisyordir. Shunga qaramasdan, bu ikki xalq so‘ngi 100 yillik ichida siyosiy sabablarga ko‘ra, bir-biridan ancha uzoqlashgan. Uyg‘ur xalqi o‘z madaniyati, ma’naviyati, dunyoqarashi bilan turkiylar ichida o‘z mavqeiga ega. Xitoyning olib borayotgan xitoylashtirish siyosati, ehtimol, ko‘p jihatdan uyg‘urlarga bo‘lgan munosabatning o‘zgarishiga olib kelgandir.

Gonkong: bir mamlakat, ikkita mafkura

Gonkong Xitoyning janubi-sharqidagi Britaniya sobiq mustamlakasi edi. 1840-42-yillardagi Angliya-Xitoy urushi davrida Syangan oroli inglizlar tomonidan bosib olingan va 1842-yilgi Nankin bitimiga asosan Buyuk Britaniyaning «abadiy mulki»ga aylangan edi. 1982-yildan Gonkong masalasi bo‘yicha Xitoy va Buyuk Britaniya hukumatlari o‘rtasida muzokaralar boshlandi va 1984-yil 19-dekabrda Xitoy va Buyuk Britaniya tomonidan qo‘shma deklaratsiya imzolangan va 1997-yildan Gonkong Xitoy yurisdiksiyasi ostiga o‘tdi. Xitoy ixtiyoriga o‘tgan Gonkong mamlakatning maxsus ma’muriy tumani deb atala boshlandi. Hukumatlar almashinuvi Gonkongga salbiy ta’sirini o‘tkazdi. Yarim asr davomida kapitalistik ruhda tarbiya topgan Gonkong xalqining Xitoy Xalq Respublikasiga topshirilishi g‘oyalar to‘qnashuviga olib keldi.

2019-yil iyun oyidan beri Gonkongda norozilik namoyishlari davom etmoqda. So‘nggi bir necha oy ichida yuz bergan to‘qnashuvlarda politsiya tinch namoyishlarni to‘xtatish uchun ko‘p marotaba rezina o‘qlar, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va qalampir purkagich qurollarni ishga soldi.

Noyabr oyining birinchi haftasida namoyishlar boshlanganiga 22 hafta to‘ldi. Noroziliklar Gonkongning moliyaviy okrugi, aeroport va eng gavjum savdo maydonchalarida davom etmoqda. Tartibsizliklar boshlanganidan beri 3300 dan ortiq namoyishchi hibsga olingan, politsiya odamlarga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lmoqda.

Rasmiy Pekin Gonkongga ham jiddiy choralar ko‘rmoqda. Gonkong masalasiga birorta geosiyosatchi kuch aytarli munosabat bildirmadi. Uyg‘urlar masalasi bir tomon-u, Gonkong masalasi bir tomon… Xitoy esa ikkala hududga ham qattiq choralar ko‘rmoqda.

Xitoy Gonkong va Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatiga o‘gay farzanddek munosabat qilmoqda. Jurnalistlarga esa o‘rganishga imkon yo‘q. Xitoy qonuniy harakatlar amalga oshirayotgan bo‘lsa, nega OAVning buni yoritishiga qarshilik qilmoqda. Inson huquqlari o‘z cho‘qqisiga chiqqan asrimizda millatlar o‘z taqdirlarini belgilay olmasligi achinarli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring