Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada sug‘urilgan tish uzunligi bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

Germaniyada sug‘urilgan tish uzunligi bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

Foto: «Regnum»

Germaniyaning Offenbax shahrida stomatolog Maks Lukas uzunligi 3,7 santimetr keladigan tishni olib tashlab, jahon rekordini yangiladi. Bu haqda «Regnum» xabar berdi.

Tishni olib tashlash bo‘yicha operatsiya 2018-yildayoq amalga oshirilgandi. Bemor yuqori jag‘i og‘riyotganidan shikoyat qilgan. Rentgendagi rasm tishlardan biri anomal uzunlikdagi ildizga ega ekanligini ko‘rsatgan. Tishni olib tashlagandan so‘ng uning hajmi rasmdagidan ko‘ra ancha kattaroq ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Lukas natijani Ginnessning rekord kitobiga qayd etish uchun hujjat to‘plashga o‘ziyam bir yil yugurdi.

Oldirilgan eng tish uzunligi bo‘yicha avvalgi rekord 2017-yil Hindistonda o‘rnatilgandi. Uning uzunligi 3,67 santimetrni tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring