Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniyada mashina 60 kishini bosib ketdi

Germaniyada mashina 60 kishini bosib ketdi

Foto: «Theworldnews.net»

Germaniyaning Folkmarzen shahrida avtomobil olomonni bosib ketishi natijasida 61 kishi jarohatlandi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

«Tergov natijalariga ko‘ra 2 yoshdan 85 yoshgacha bo‘lgan 61 kishi jiddiy jarohatlangani ma’lum bo‘ldi. Jabr ko‘rganlar orasida 20 ta bola bor», deyiladi politsiya press-relizida.

Huquq-tartibot xodimlari tergov harakatlari davom etayotgani, barcha taxminlar ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Haydovchining maqsadiga hozircha oydinlik kiritilmagan.

Dushanba kuni kunduzi avtomobil Gessen federal yeri shimolidagi Folkmarzen shahrida karnavalda ishtirok etayotgan olomon ustiga yurib ketgan. Rulda 29 yoshli Germaniya fuqarosi bo‘lgan, u qo‘lga olingan. Frankfurt general prokuraturasi favqulodda vaziyatni qotillikka urinish sifatida qaramoqda.

Hodisa «Pushti dushanba» (Rosenmontag) karnavalida sodir bo‘lgan. Bu kun a’anaviy ravishda «karnaval mavsumi»ning kulminatsiyasi sanaladi. Karnaval poytaxti Kyoln hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring