Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniya qachondan chegaralarini ochishini ma’lum qildi

Germaniya qachondan chegaralarini ochishini ma’lum qildi

Foto: EPA/UPG

Germaniya ichki ishlar vazirligi mamlakat o‘z chegaralarini 15-iyundan ochishini ma’lum qildi. Bu haqda DW xabar berdi.

Xabarda chegaradagi cheklovlar 16-maydan yumshatila boshlanishi aytiladi. Xususan, xuddi shu sanadan boshlab Lyuksemburg va Daniya bilan chegaradagi cheklovlar olinishi kutilyapti.

Avstriya va Germaniya umumiy chegarani 15-iyundan ochishi haqida ilgari xabarlar paydo bo‘lgandi. Ammo kanslerlar Angela Merkel va Sebastyan Kurs o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq 15-maydan, cheklangan bo‘lsa-da, chegaradan o‘tkazish boshlanadi.

Germaniyada karantin cheklovlari, yumshatilgan tartibda, 5 iyungacha davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring