Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

General Do‘stum Afg‘oniston tarixidagi birinchi o‘zbek marshaliga aylandi

General Do‘stum Afg‘oniston tarixidagi birinchi o‘zbek marshaliga aylandi

Foto: GETTY IMAGES

Bugun, 17-may kuni Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani va uning bosh siyosiy raqibi, sobiq bosh vazir doktor Abdulloh Abdulloh o‘rtasida siyosiy kelishuv imzolandi. Yangi kelishuv Afg‘onistonda yana bir fuqarolar urushiga yetaklashi mumkinligi aytilgan bir necha oylik siyosiy inqirozga yakun yasashi kutilmoqda. Bu haqda VVS xabar berdi.

Bitimga muvofiq, faqat Muhammad Ashraf G‘anining yakka o‘zi prezidentlik maqomini saqlab qoldi. Doktor Abdulloh Abdulloh esa Afg‘oniston Oliy milliy yarashuv kengashi raisligi bilan kifoyalanadigan bo‘ldi. Faqat sulh va murosa masalalarida Afg‘onistonda prezident G‘anidan keyin ikkinchi qudratli shaxsga aylandi.

Bugun imzolangan yangi kelishuvga muvofiq general Abdulrashid Do‘stum Afg‘oniston tarixidagi uchinchi marshalga aylangan. Bunga qo‘shimcha, Afg‘oniston Oliy davlat va Milliy Xavfsizlik kengashlari tarkibiga kirishi ham ma’lum bo‘lgan. Marshallik Afg‘oniston Qurolli kuchlarida eng Oliy harbiy unvon sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring