Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fuqarolarni norozi qilgan hokimlar jazolanadi — Qozog‘iston

Fuqarolarni norozi qilgan hokimlar jazolanadi — Qozog‘iston

Foto: «Aqorda»

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakat parlamenti palatalari qo‘shma yig‘ilishida o‘z xalqiga murojaat yo‘lladi. Mahalliy hokimliklar ishini aholi baholab borishi kerak — prezident ana shu loyihani sinab ko‘rish taklifini berdi, deb yozmoqda «Zakon.kz».

«Kuchli hududlar — kuchli mamlakat. O‘zimning saylovoldi dasturimda ham buni aytganman», — eslatib o‘tdi prezident Toqayev.

Toqayev diqqatni jamlash kerak bo‘lgan qator vazifalarga e’tiborni qaratdi — mahalliy hokimiyat organlari faoliyati samaradorligini oshirish shulardan biri.

«Odamlar uchun mahalliy hukumatning eshiklari doim ochiq bo‘lishi kerak. Bu isbot talab qilmaydigan haqiqat bo‘lsa-da, aslida unday emas. Shuning uchun ham sayyor loyiha sifatida mahalliy hukumat ishining samaradorligini baholovchi tizimni joriy etishni mumkin, deb hisoblayman. Masalan, so‘rovnoma yoki onlayn ovoz berish natijasiga ko‘ra, fuqarolarning 30 foizidan ortig‘i shahar yoki qishloq hokimini o‘z ishini uddalay olmayapti deb hisoblasa, bu Prezident administratsiyasi tomonidan yuzaga kelgan muammoni o‘rganuvchi va tegishli tavsiyalarni beruvchi maxsus komissiya tuzilishi uchun asos bo‘ladi», — dedi prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring