Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fransiyada prezidentlikka sobiq nomzodga uch oy shartli qamoq jazosi tayinlandi

Fransiyada prezidentlikka sobiq nomzodga uch oy shartli qamoq jazosi tayinlandi

Foto: «Reuters»

Bugun, 9-dekabr kuni «Bo‘ysunmas Fransiya» partiyasi yetakchisi Jan-Lyuk Melanshon ustidan sud hukmi o‘qildi: 2018-yilning oktyabr oyida partiyasining shtab-kvartirasida o‘tkazilgan tintuv payti «qonunga itoat etmagani va ig‘vo uyushtirgani uchun» unga nisbatan uch oylik shartli qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda «Euronews» xabar berdi.

Prezidentlikka sobiq nomzod Melanshon 8 ming yevro jarima ham to‘laydi. Uning partiyasi shtab-kvartirasida tintuv o‘tkazishdan maqsad ehtimoliy moliyaviy huquqbuzarliklarni aniqlash uchun edi.

Melanshon o‘ta so‘l qarashlarga ega bo‘lib, amaldagi prezident Emmanuel Makron siyosati hamda «sariq nimchalilar» harakati tarafdorlarini doim tanqid ostiga oladi. Melanshon 2017-yilgi prezidentlik saylovlarining birinchi turida 19,5 foiz ovoz to‘play olgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring