Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya qirg‘oqlarida antiqa mehmonxona paydo bo‘ldi (foto)

Fransiya qirg‘oqlarida antiqa mehmonxona paydo bo‘ldi (foto)

Foto: «Lonelyplanet»

Fransiya shimoli-g‘arbidagi Bretan qirg‘oqlarida quyosh batareyalari o‘rnatilgan, tubi shaffof, suzuvchi eko-mehmonxona paydo bo‘ldi, deya xabar berdi «Lonelyplanet».

Chir aylana o‘rnatilgan derazalar okean manzarasidan, shisha pol esa suvosti dunyosi go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish imkonini beradi. Dastlab bunday mehmonxonani yaratish g‘oyasi Jeyms Bond haqidagi filmda paydo bo‘lgan — «Meni sevgan ayg‘oqchi» 1977-yilda suratga olingan. Undan «Anthénea» ixtirochilari ilhomlanishgan.

Birinchi eko-mehmonxona Bretan qirg‘oqlarida, Treburden portida ochildi. Tashqariga beshta quyosh batareyasi o‘rnatilgan bo‘lib, ular o‘n ikki kishi sig‘adigan kapsuladagi hayotiy faoliyatni quvvat bilan ta’minlaydi. Dengiz suvidan vanna, alohida oshxonalar mehmonlar xizmatida.

Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat hal bo‘lib, xalqaro aviaqatnovlar tiklangach 2021-yil bahordan boshlab yana bir nechta eko-mehmonxonalar ochish rejalashtirilmoqda.

Mehmonxonada bir kecha tunash ikki kishilik nomer 290 yevroga baholangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring