Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Finlyandiyada parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tyapti

Finlyandiyada parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tyapti

Foto: «Trend.Az»

Bugun, 14-aprel kuni Finlyandiyada parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda mamlakat adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yakshanba kuni tonggi soat 09:00 da ochilgan saylov uchastkalari kechki soat 20:00 gacha ishlaydi. Saylov tugashi bilan dastlabki ovoz berish natijalari e’lon qilinadi. Yakuniy hisob-kitoblardan so‘ng parlament (Seym) tarkibi va hukumat shakllantirilib, bosh vazir tayinlanadi.

Saylovlarga 19 ta partiyadan 2,5 ming nafar nomzod qo‘yilgan. Ularga mamlakatning 18 yoshga to‘lgan barcha fuqarolari ovoz berish huquqiga ega, deb yozmoqda «Yle».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring