Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropadagi ichkilikboz davlatlar nomi e’lon qilindi

Yevropadagi ichkilikboz davlatlar nomi e’lon qilindi

Foto: «Pixabay»

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropaning aynan qaysi mamlakati ko‘proq ichishini aniqladi. Buni qarangki, ichkilikni eng suiiste’mol qiladigan aholi – Litvada ekan, u yerda odam boshiga yiliga o‘rtacha 15 litr toza spirt to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rinni Chexiya egallagan bo‘lsa, «kuchli» uchlikka Germaniya yakun yasab bergan.

JSST xabariga ko‘ra, 15 yoshdan katta yevropalik (tadqiqot Yevropa Ittifoqining 28 mamlakati hamda YeIga kirmagan Norvegiya va Shveysariyada olib borilgan) haftasiga ikki shishadan ortiq vino qabul qiladi. Agar bundan ichmaydigan va ichishni tashlaganlar chiqarib tashlansa, Yevropaning katta yoshli aholisi haftasiga uch shisha vino ichishi oydinlashadi. Bu esa sog‘lik uchun o‘ta zarar.

Bundan tashqari, JSSTning Yevropa byurosi saytida chop etilgan ma’ruzasiga ko‘ra, so‘rovnoma ishtirokchilarining qariyb uchdan bir qismi (30,4 foizi) oxirgi oyda bir o‘tirishda 60 grammdan ko‘p toza alkogol ichganini tan olishgan. Tashkilot buni «kuchli epizodik aroqxo‘rlik» deb baholaydi: mazkur zararli odat yevropalik erkaklarning qariyb yarmi (47,4 foizi), ayollarning esa 14,4 foiziga xos. Ta’kidlanishicha, «epizodik aroqxo‘r»lik Chexiya, Lyuksemburg va Boltiqbo‘yi davlatlarida ham avjiga chiqqan.

JSST tadqiqot olib borgan mamlakatlar ro‘yxati:

Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Shvetsiya, Shveysariya, Chexiya, Estoniya. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring