Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronning BMTdan qarzini Janubiy Koreya uzdi

Eronning BMTdan qarzini Janubiy Koreya uzdi

Foto: «Business Standard»

Koreya Respublikasi hukumati Eronning BMTdan badal bo‘yicha qarzdorligini so‘ndirdi. Bu haqda Koreya rejalashtirish va moliya vazirligi saytida ma’lum qilindi.

«Janubiy Koreya hukumati AQShning moliya vazirligi va BMT kotibiyati bilan faol hamkorlikda Eronning BMTdan 18 mln. dollar qarzdorligi bo‘yicha to‘lovlarni yakuniga yetkazdi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, to‘lov Amerika sanksiyalari bois Janubiy Koreya banklarida muzlatib qo‘yilgan Eron aktivlari hisobidan qoplangan.

BMT Bosh Assambleyasida ovoz berish huquqini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun, Eron hukumati 13-yanvar kuni Janubiy Koreya rahbariyatidan ushbu mamlakat banklarida turgan o‘zining «muzlatilgan pullari» hisobidan BMTga badal pulini o‘tkazib berishni so‘ragandi. To‘lov 21-yanvar kuni BMT hisobiga tushgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring