Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron va Turkiyadan 5 nafar olim Mustafo mukofotini qo‘lga kiritdi

Eron va Turkiyadan 5 nafar olim Mustafo mukofotini qo‘lga kiritdi

Foto: «Yandeks»

Eron va Turkiyadan 5 nafar olim fan va texnika sohasida Mustafo nomidagi uchinchi mukofotning sohibiga aylanishdi. Bu haqda «Mehr axborot agentligiga tayanib «REGNUM» xabar berdi.

Taqdirlash marosimida fan va Eron texnologiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Sorena Sattari hamda atom energetikasi bo‘yicha tashkilot rahbari Ali Akbar Salexi ishtirok etishdi. Sorena Sattarining ta’kidlashicha, Mustafo mukofoti Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar olimlari uchun yetakchi platforma sanaladi: ular o‘z yutuqlarini butun dunyoga taqdim etishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Mustafo mukofoti biotibbiyot, tibbiyot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida har ikki yilda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar olimlariga topshiriladi. Mukofotni qo‘lga kiritishning asosiy mezoni ilm-fanda «insonlar hayotini yaxshilashga yordam beradigan» ajoyib yutuqlarga erishish hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring