Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eritreya aholisi tashnalikdan qiynalmoqda

Eritreya aholisi tashnalikdan qiynalmoqda

Foto: ICRC

Eritreyaning poytaxt Asmera hukumati mamlakat so‘nggi oylarda ichimlik suvi yetishmasligidan qiynalayotganini norasman tasdiqladi.

Mamlakat hukumati voqealarni jimgina kuzatib, biron-bir chora ko‘rmayapti, mahalliy aholi vaziyat kundan-kunga og‘irlashib, ulkan gumanitar inqiroz boshlanib ketishidan xavotirda.

Poytaxtliklarning aytishicha, do‘konlarda sotilayotgan ichimlik suvi ancha tortilib qolgan, qolaversa, shaharlarga ham vodoprovod suvi yetib kelishi muammo. Bu ham yetmaganidek, Eritreya hukumati aholi kelajak uchun asrab qo‘ygan 300 sisternadan oshiq suvni musodara qilgan.

Eritreyalik bir fuqaro shunday deydi: «Oxirgi to‘rt oy davomida uyimga suv kelgani yo‘q. Biroq chinakam tashnalik 2019-yilning avgustida, boshqa yerlarda ham suvlar qurib qolganidan keyin boshlandi».

Ma’lumot uchun: Eritreya — Sharqiy Afrikada, Qizil dengiz bo‘yida joylashgan. Hududi — 121,1 ming kvadrat kilometr. Aholisi — 6 million kishidan ortiq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring