Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘an Merkelga qimmatbaho ko‘zgu va qadimiy dubulg‘a hadya qildi

Erdo‘g‘an Merkelga qimmatbaho ko‘zgu va qadimiy dubulg‘a hadya qildi

Foto: «REUTERS»

Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an Germaniya kansleri Angela Merkelga turk-nemis universiteti ochilishi marosimidan so‘ng esdalik sovg‘alarini topshirdi: naqshinkor ko‘zgu va dubulg‘a, deya xabar berdi «Sozcu» gazetasi.

Qimmatbaho gardishli bunday ko‘zgu va dubulg‘a saroyda foydalanilgan bo‘lib, boylik, hashamat va kuch-quvvat ramzi hisoblanadi.

Merkel Istanbulda xizmat safarini o‘tamoqda. U Erdog‘an bilan Liviya, Suriyadagi vaziyat, iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida muzokaralar olib borish niyatida.

Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiya prezidenti Toyyib Erdog‘andan dubulg‘ani qabul qilib olmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring