Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yer yuzidagi ilk trillioner kim bo‘lishi mumkinligi bashorat qilindi

Yer yuzidagi ilk trillioner kim bo‘lishi mumkinligi bashorat qilindi

Foto:«RBK»

AQShlik ishbilarmon, «Amazon» egasi Jeff Bezos Yer yuzidagi ilk bir trillion dollar boylikka ega inson bo‘lishi mumkin. U hozirda jahonning eng boy insoni bo‘lib turibdi. Bu haqda «Forbes» yozmoqda.

«Comparisun» xizmati ekspertlari ishonishiga ko‘ra, Bezosning boyligi 2026-yilda bir trillionga yetadi. Undan keyingi pog‘onani xitoylik developer Syuy Szyain egallashi mumkin.

Hozirda Bezosning boyligi 143 milliard dollarga baholanmoqda, koronavirus pandemiyasi sabab Amazon aksiyalari keskin qimmatlagan. Bezos pandemiya sharoitida 24 mlrd dollar ishlagan.

O‘z navbatida top-3 da turuvchi boshqa biznesmenlar kambag‘allashgan: Bill Geyts 8,4 milliard, «Louis Vuitton Moët Hennessy» kompaniyalari guruhi egasi Bernar Arno 28 milliard dollar yo‘qotgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring