Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mirror»: Yer sayyorasi yangi bir xavfdan qutulib qoldi

«Mirror»: Yer sayyorasi yangi bir xavfdan qutulib qoldi

16-oktyabr kuni yana bir ulkan asteroid bizning sayyoramiz yonidan uchib o‘tib ketdi. Bu haqida «Mirror» yozmoqda.

«2019 SR8» deb nomlangan asteroidning diametri 20x44 metrga teng. Hisob-kitoblarga qaraganda, bu kosmik jismning kattaligi Londonning Nelson ustuniga teng keladi. Asteroid soatiga 22 ming milya tezlikda va uch million kilometr uzoqlikda Yer yaqinidan o‘tib ketgan.

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni beshta asteroid Yerga yaqinlashishi kutilmoqda.

Kutilayotgan asteroidlarning eng kattasi, «2019 TM7» diametri 95 metrgacha keladi, bu Londondagi Big Ben minorasining hajmi bilan barobar degani.

Hozirgi vaqtda NASA 140 metr yoki undan katta bo‘lgan asteroidlarning 90 foizini aniqlash va kuzatish uchun harakat qilmoqda. Ushbu o‘lchamdagi kosmik qoyalar Yerga shikast yetkazishi va hatto butun mamlakatlarni yo‘q qilishi mumkin, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring