Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng zerikarli kasblar — buxgalter, deputat, dasturchi, kutubxonachi...

Eng zerikarli kasblar — buxgalter, deputat, dasturchi, kutubxonachi...

Foto: «iStock»

Yuqori maoshli ish qidirishda ko‘maklashuvchi «Superjob servisi rossiyaliklar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, eng zerikarli kasblarni aniqladi. Bu haqda «Rg.ru» xabar berdi.

Rossiyaliklar eng zerikarli kasb deya posbonlikni tanlashdi. Respondentlarning 13 foizi shunday fikrda.

Buxgalterlik (hisobchilik) zerikarlilik borasida 9 foiz ovoz to‘plab, ikkinchi o‘rinni band etdi.

Istalgan kasb, agar u shu ishni qilayotgan kishi uchun sevimli va qiziqarli bo‘lmasa — zerikarli. So‘rovnomada qatnashganlarning 8 foizi shu to‘xtamga kelgan.

Zerikarlilik bo‘yicha keyingi o‘rinlarda quyidagi kasblar joylashgan: sotuvchilik (5 foiz), qorovullik va farroshlik (4 foizdan), kutubxonachilik (3 foiz), vaxtyorlik (2 foiz).

Umuman olganda, so‘rovnomada rossiyaliklar o‘tirib ishlash talab qilinadigan istalgan kasbni zerikarli deb bilishlari ma’lum bo‘ldi.

Zerikarli kasblar ro‘yxatidan, shuningdek, arxivarius, haydovchi, yuk tashuvchi, deputat, menejer, dasturchi, koll-sentr operatori kabi kasblar o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring