Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Emmanuel Makron: «Rossiya G‘arb demokratiyasini barbod qilishga urinmoqda»

Emmanuel Makron: «Rossiya G‘arb demokratiyasini barbod qilishga urinmoqda»

Myunxen Xavfsizlik konferensiyasida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya ijtimoiy tarmoqlarni manipulyasiya qilish va saylovlarga ta’sir o‘tkazish orqali «G‘arb demokratiyasi»ni barbod qilishga urinishda davom etishganini aytdi. Bu haqda «France 24» xabar berdi.

«Rossiya keyingi yillarda har qanday saylovlarda aktyordek g‘arb demokratiyasiga zarar yetkazishda davom etdi», qo‘shimcha qildi u.

Emmanuel Makron, manipulyasiya Rossiyaning huquqi emasligini ta’kidladi. Shuningdek u Tramp hokimiyatining ham Yevropa saylovlariga aralashmaslikka chaqirdi.

«Men men ruslarga qarshi emasman, men, shunchaki, yevropalikman!», deb ta’kidladi u.

Yevropa va Rossiya o‘rtasidagi nizolar haqida to‘xtalgan Fransiya prezidenti rasmiy Moskvani murosaga chaqirgan.

Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Peskov Makronning Rossiyaning Fransiyadagi saylovlarga «ta’sir o‘tkazishga urinishi» haqidagi bayonotiga javob berdi.

Kreml vakili Rossiya boshqa mamlakatlarning ishlariga aralashmasligini ta’kidladi.

«Rossiya o‘z ichki ishlarida boshqa davlatlarga mutlaqo imkon bermaydi. Shu o‘rinda biz ham boshqa davlatlar aralashmaymiz», dedi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Yevropaning iqtisodiy sanksiyalariga uchramoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring