Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning eng yaxshi shaharlari ma’lum bo‘ldi

Dunyoning eng yaxshi shaharlari ma’lum bo‘ldi

Foto: «Youtube.com»

«Resonance Consultancy» ekspertlari tomonidan tuzilgan «Dunyoning eng yaxshi shahri 2020» reytingida London birinchi o‘rinni egalladi. To‘liq ro‘yxat bilan konsalting kompaniyasining saytida tanishishingiz mumkin.

Tegishli tadqiqot doirasida analitiklar aholisi bir milliondan oshiq bo‘lgan shaharlarni quyidagi mezonlarga ko‘ra baholashdi: iqlimi, xavfsizlik darajasi, diqqatga sazovor joylari va dam olish infratuzilmasi, aeroport, restoranlar, do‘konlar, ta’lim muassasalari, o‘qimishli aholi ulushi, fuqarolarning daromadi, ijtimoiy tarmoqlarda shaharning mashhurligi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yashash uchun eng yaxshi dunyo megapolislari reytingida London yetakchilik qilmoqda, uning ortidan Nyu-York, Parij va Tokio bormoqda. Moskva bir yil ichida bitta pog‘onaga yuqoriga ko‘tarilib, beshinchi o‘rinni zabt etdi. Rossiya poytaxti aeroportlarning rivojlangan tarmog‘i va muzeylari bilan ana shunday darajaga erishdi.

Reytingdagi top o‘ntalikka, shuningdek, Dubay, Singapur, Barselona, Los-Anjeles va Rim kiritildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring