Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning eng toza plyajlari qaysi davlatda joylashgan?

Dunyoning eng toza plyajlari qaysi davlatda joylashgan?

Foto: «Travelerforever.ru»

Ispaniya dunyodagi eng toza plyajlarga ega mamlakat deb topildi. Bu haqda «Moviy bayroq» mukofoti saytida xabar berilgan. U har yili suvi yuqori standartlarga javob beradigan va xavfsiz suzishga yaroqli prichal va plyajlarga topshiriladi.

Mukofot uchun mas’ul hisoblangan Ekologik ta’lim fondi (FEE) dunyoning 49 mamlakatidagi suv sifatini baholab, reyting tuzdi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Ispaniya egalladi — qirollikning 614 plyajida ifloslanish qayd etilmagan. Ikkinchi o‘rinni Gretsiya (545 ta toza plyaj), uchinchi o‘rinni Turkiya (519 plyaj) egalladi. Shuningdek, reytingga Fransiya (410 plyaj), Italiya (416 plyaj), Portugaliya (372 plyaj), Daniya (168 plyaj) va Niderlandiya (56 plyaj) kiritildi.

Bundan tashqari, Rossiya reytingda 21-o‘rinni egallagani ma’lum — mutaxassislar mamlakatning 35 plyajiga yuqori baho berishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring