Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning eng kuchli mamlakatlari (reyting)

Dunyoning eng kuchli mamlakatlari (reyting)

Foto: «US News & World Report»

AQShdagi nufuzli «U.S. News&WorldReport» nashri dunyoning eng kuchli mamlakatlari reytingini tuzdi.

Yetakchi uchlik «eski nomlar» — AQSh, Rossiya va Xitoy. Ularni izma-iz ta’qib qilayotgan mamlakatlar: Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiya.

Kuchli o‘nlikka  Isroil, Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya ham kiritildi.

«U.S. News&WorldReport»da chop etilgan maqolada «kuchli davlatlar» global miqyosda katta ta’sir kuchiga egaligi aytiladi: ularning nomi jahon ommaviy axborot vositalari sarlavhalaridan tushmayapti, xalqaro maydondagi jarayonlarda ularning «qo‘li uzun», global iqtisodiy modellarni aynan ular shakllantirmoqda, ularning tashqi siyosati va harbiy budjeti doimo hammaning diqqat-e’tiborida va hokazo. 

Isroil «eng kuchlilar» safida?

Buning sababi oddiy: makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, umuman aholisi va yer maydoni jihatidan ham kichik bo‘lishiga qaramay, bu mamlakat jahondagi eng ilg‘or ilmiy tadqiqot va yuqori texnologiya markazlaridan biri sanaladi. Yahudiy mamlakatining yalpi ichki mahsuloti yiliga 350,9 milliard dollarni tashkil etadi, solishtiradigan bo‘lsak, bu reytingda 7-o‘rinni band etgan Yaponiyaning yalpi ichki mahsuloti — 4,9 trillion dollar, aholisi esa 126 million kishi.

Jami 80 mamlakat kiritilgan ushbu ro‘yxatda Turkiya (16-o‘rin), Belarus (35), Ukraina (39), Qozog‘iston (43), Ozarbayjon (45), hatto Boltiqbo‘yi respublikalari ham bor, O‘zbekiston nomini esa uchratmadik...

«Eng kuchli» 10 mamlakat:

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring