Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng yirik vertolyot halokatlari: 2018 — 2020-yillar

Dunyodagi eng yirik vertolyot halokatlari: 2018 — 2020-yillar

Foto: «REUTERS»

Shu vaqt mobaynida vertolyotlar bilan bog‘liq jami 17 ta katta halokat sodir bo‘lgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bergan.

2020

26-yanvar. Kaliforniya (AQSh) janubida vertolyot halokatga uchradi. Uning bortida to‘qqiz kishi bo‘lgan, hammasi halok bo‘lishdi. Fojia qurbonlari orasida — basketbolchi Kobe Brayant va uning to‘rt nafar qizidan biri — 13 yoshli Janna Mariya ham bo‘lgan.

2-yanvar. Tayvan shimolida Ilan shahri yaqinidadagi tog‘li hududlardan birida mamlakat mudofaa vazrligining «Black Hawk» vertolyoti majburan qo‘ndi. Uning bortida yuqori martabali harbiy amaldorlar bo‘lgan. Halokatli qo‘nish natijasida sakkiz kishi hayotdan ko‘z yumdi. Ular orasida mamlakat general shtabi boshlig‘i Shen Imin ham bo‘lgan. Yana besh nafar yo‘lovchi omon qolgan.

2019

26-dekabr. Gavayida vertolyot halokatga uchragan. Havo kemasi Kauai orolida Na Pali sohili bo‘ylab sayohatdan belgilangan vaqtda qaytmagan. Vertolyot mahalliy vaqt bilan soat 17:21 da bazaga qaytishi kerak edi (27 dekabr, 08:21 t.v.). Yo‘qolgan vertolyot qoldiqlari orol janubidagi Kokee hududidan topilgan. Vertolyot bortida yetti kishi bo‘lgan, hammasi hayotdan ko‘z yumgan.

25-noyabr. Malida harbiy operatsiya vaqtida ichida fransuz harbiy xizmatchilari bo‘lgan ikkita vertolyot to‘qnashib ketgan. Hodisa natijasida 13 kishi halok bo‘lgan.

25-oktyabr. Kolumbiyaning Alban munitsipalitetida mamlakat harbiy-havo kuchlariga qarashli «Bell 412» vertolyoti halokatga uchradi. Vertolyot Kundinamarka departamentida Palankero aviabazasidan uchib ketgandan so‘ng kechasi radarda yo‘qolib qolgan. Olti kishi halok bo‘ldi.

31-avgust. Norvegiya shimolida, Alta janubi-g‘arbida vertolyot halokatga uchradi. Havo kemasi bortida olti kishi bo‘lgan — uchuvchi va beshta yo‘lovchi. Ulardan besh nafari halok bo‘lgan. Tirik qolgan kishi shifoxonaga yotqizilgan, ko‘p o‘tmay u ham vafot etgan.

5-iyul. Atlantika okeanida Bagama orollari shimoliy chekkasiga vertolyot qulab tushdi. Halokat oqibatida yetti kishi hayotdan ko‘z yumdi. Ular orasida ko‘mir magnati va milliarder Kris Klayn ham bo‘lgan.

4-may. Venesuelaning Miranda shtatida harbiy vertolyot haloktga uchradi. U tog‘li hududda aniqlangan. Vertolyot bortida bo‘lgan yetti kishi hayotdan ko‘z yumgan. Aviahalokat qurbonlari orasida uchta kapitan, ikkita mayor va ikkita podpolkovnik bo‘lgan.

27-mart. Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida mamlakat mudofaa vazirligining «Mi-8» vertolyoti halokatga uchradi. Yomon ob-havoda to‘rtta vertolyot Oqtovdan Shimkentga yo‘l olgan. Uning bortida 13 kishi bo‘lgan, hammasi hayotdan ko‘z yumgan.

27-fevral. Nepal sharqida Taplejung hududida «Air Dynasty» kompaniyasiga qarashli vertolyot uchgan zahoti halokatga duchor bo‘lgan. Yetti kishi hayotdan ko‘z yumgan. Ular orasida mamlakat fuqaro aviatsiyasi, turizm va madaniyat vaziri ham bo‘lgan.

2018

31-oktyabr. Afg‘oniston g‘arbida Farax provinsiyasi Anar-Dara shahrida vertolyot halokatga yo‘liqdi. Fojia natijasida 25 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Yo‘lovchilar orasida vertolyot bortida harbiy amaldorlar, provinsiya kengashi rahbari va a’zolari ham bo‘lgan.

2-sentyabr. Afg‘onistonda Moldovaning «Valan International Cargo Charter» kompaniyasiga qarashli «MI-8 MTV» vertolyoti Mozori-Sharif shahridagi harbiy bazadan ko‘tarilgan so‘ng ko‘p o‘tmay halokatga uchragan. Uning bortida ekipajning uch nafar a’zosi, Ukraina va Afg‘oniston fuqarolaridan iborat 11 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Vertolyot qulashi oqibatida ekipajning ikki a’zosi va o‘nta yo‘lovchi hayotdan ko‘z yumgan.

30-avgust. Efiopiya Oromiya provinsiyasi Sharqiy Sheva hududida harbiy vertolyot halokatga uchradi. Uning bortida 18 kishi bo‘lgan. Ulardan 15 nafari harbiy va uchtasi tinch aholi vakillari bo‘lgan. Hammasi hayotdan ko‘z yumgan.

10-avgust. Yaponiyada Gumma prefekturasi qutqaruv xizmatiga qarashli vertolyot to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi bilan Nagano prefekturasi tog‘lariga qulagan. Hammasi hayotdan ko‘z yumgan. Vertolyot Gummada Maebasi shahridan Gumma va Nagano orasidagi tog‘larda toqqa chiqish yo‘llarini ko‘zdan kechirish uchun parvoz qilgandi.

4-avgust. Krasnoyar o‘lkasining Vankor hududida «Utair» aviakompaniyasiga qarashli «Mi-8» vertolyoti halokatga uchradi. Havo kemasi parvoz vaqtida buzilib qolgan, yerga borib urilgandan so‘ng ikkala yoqilg‘i baki ham portlab ketgan. Vertolyot bortida uch nafar ekipaj a’zosi va 15 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hammasi halok bo‘lgan.

17-fevral. Meksikada zilziladan zararlangan hududlarni tekshirish uchun parvoz qilayotgan vertolyot halokatga uchragan. Uning bortida Meksika ichki ishlar vaziri Alfonso Navarrete va Oaxaka shtati gubernatori Alexandro Murat bo‘lgan. Jami 13 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

16-yanvar. Kolumbiyada «Mi-17» harbiy vertolyoti halokatga uchragan. Uning bortida 10 kishi bo‘lgan — sakkizta harbiy va ikkita fuqaro. Hammasi hayotdan ko‘z yumgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring