Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng boy odamning mol-mulki rekord darajaga yetdi

Dunyodagi eng boy odamning mol-mulki rekord darajaga yetdi

Foto: «Gazeta-vp.ru»

Dunyodagi eng boy odam, «Amazon» rahbari Jeff Bezosning boyligi bir kunda 7,2 milliard dollarga ko‘payib, rekord darajaga yetdi. Bu haqda «Forbes Real-TIme» reytingida ma’lumot berilgan.

Uning mol-mulki 197,8 milliard dollarga baholanmoqda. 40 yildan beri milliarderlarning pulini «sanab kelayotgan» «Forbes» biror marta ham bunday ko‘rsatkichni qayd etmagan. 18-avgust kuni «Amazon» aksiyalarining bahosi to‘rt foizga oshgani uchun Bezosning boyligi birdaniga ko‘payib ketdi.

Avgust oyida Bezos kompaniyaning taxminan bir millionta aksiyasini 3,1 milliard dollarga sotib, taxminan 2,4 milliard dollar ishlab olgandi. Hozirgi vaqtda «Amazon» qimmatbaho qog‘ozlarining 54 milliontasi unga tegishli.

Mutaxassislar amerikalik tadbirkorning 2026-yildayoq dunyodagi birinchi trillionerga aylanishiga ishonishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring