Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyo boyi 15 daqiqada $13 mlrd ishlab oldi

Dunyo boyi 15 daqiqada $13 mlrd ishlab oldi

Foto: «Zuma/TASS»

Sayyoramizning eng boy kishisi, «Amazon» asoschisi Jeff Bezos sanoqli daqiqalarda o‘z mol-mulkini 13 milliard dollarga ko‘paytirdi. Eng qizig‘i, buning uchun milliarderning ortiqcha ter to‘kishiga to‘g‘ri kelmagan.

«Bloomberg»ning xabar berishicha, Bezosning yanada boyishiga kompaniyasining fond bozoridagi aksiyalari 12 foizdan 2,1 ming dollarga oshishi sabab bo‘lgan. Kompaniya hisobotiga ko‘ra, kompaniya daromadi 87,4 milliard dollarni tashkil etgan. Bitta aksiyadan foydasi 6,47 dollarga teng bo‘lgan. Analitiklar esa 4,11 dollardan umid qilishayotgandi.

Shu tariqa, Bezosning umumiy boyligi taxminan 129,5 milliard dollarga yetgan. Biroq hozir bu rasmiy raqamlar emas. Chunki «Billionaires Index» reytingidagi o‘zgarish 31-yanvar — juma kuni savdolar nihoyasiga yetgandan keyingina aks etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring