Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Trampning bolaligi o‘tgan uy kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Donald Trampning bolaligi o‘tgan uy kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Foto: «The New York Times»

AQSh prezidenti Donald Trampning bolaligi o‘tgan uy sotuvga qo‘yilgani haqida «The New York Times» yozmoqda.

Tashkilotchi garchi lot qiymatini ochiqlamagan bo‘lsa-da, ayrim ma’lumotlar bor.

Donald Tramp bolaligining to‘rt yilini o‘tkazgan Nyu-Yorkdagi bu uy keyinchalik ham sotuvlarga qo‘yilgan. Oxirgi marta 2017-yilda 2,14 million dollarga sotilgan ekan. Shu uy joylashgan Kuinsda kottejlarning o‘rtacha narxi 900 ming dollar atrofida.

Uy uncha kattamas, besh yotog‘i bor. Ammo solig‘i katta — 185 kvadrat metr maydonli ana shu uyda yashovchilar o‘tgan yili 9,5 ming dollar atrofida to‘lashgan.

Ayni paytda «Trump Birth House» aynan kimga qarashli — noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring