Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Donald Tramp XVIII asr aeroportlari haqida aytgan gapiga izoh berdi

Donald Tramp XVIII asr aeroportlari haqida aytgan gapiga izoh berdi

Foto: «Globallookpress»

AQSh prezidenti Donald Tramp mustaqillik uchun XVIII asrda kechgan kurash haqidagi ma’ruzasida nima uchun aeroportlar haqida gapirganiga izoh berdi. Uning aytishicha, adashib ketishiga telesufler ishlamay qolgani sabab bo‘lgan.

«Telesufler ishlab turdi-turdi va keyin o‘chib qoldi. Batamom o‘chdi», — deydi Tramp jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda.

Uning ta’kidlashicha, ma’ruza matnini ko‘rsatib turadigan monitorning o‘chib qolishiga yomg‘ir sabab bo‘lgan. «Men shundoq ham ma’ruzani juda yaxshi bilardim. Boz ustiga yomg‘ir tufayli suflerdan o‘qib berish juda qiyin bo‘layotgandi», — deya bayonot bergan prezident.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp AQSh mustaqilligi nishonlanadigan 4 iyul sanasida so‘zlagan nutqida quyidagilarni aytgan edi: «Velli-Forjda kontinental armiya qahraton qish bilan to‘qnash keldi, Delaver suvlari bo‘yicha shuhrat qozondi va Yorktaunda Kornuolllisdan (Britaniya generali) g‘alabani tortib oldi. Bizning armiyamiz havoda ustunlikka ega bo‘ldi, qal’alarni qo‘lga kiritdi, aeroportlarni egalladi va bajarish lozim bo‘lgan barcha ishni amalga oshirdi».

Eslatib o‘tamiz, Amerikaning mustaqilligi uchun kurash 1775 yildan to 1783 yilga qadar davom etgan va urush yakuniga ko‘ra Buyuk Britaniya AQShning mustaqilligini tan olishga majbur bo‘lgan edi. Tarixdagi ilk samolyot parvozi esa 1903 yilda amalga oshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring