Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Tramp: «Politsiyamizga ajoyib insonlar kerak»

Donald Tramp: «Politsiyamizga ajoyib insonlar kerak»

Foto: «Vesti.ru»

Bugun, 16-iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp politsiyani isloh qilishga qaratilgan farmonga imzo chekishi kutilyapti.

Oq uydagi uchrashuvda jurnalistlar Trampdan hukumat islohotlarni qachon o‘tkazishini so‘rashdi.

«Men uni (farmonni imzolashni nazarda tutyapti) ertaga (16 iyun) asrab qo‘ydim. Biz bir necha yechimlarni taklif etyapmiz, bizning politsiyamizga ajoyib insonlar kerak», — dedi Donald Tramp.

Tramp tushuntirishicha, bu hujjatda adolat va xavfsizlik masalalariga urg‘u berilgan. Kongress bu islohotlarni ma’qullaydimi — yo‘qmi, AQSh prezidenti aniqlik kiritmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring