Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Tramp afg‘on tuprog‘ida. Uning tashrifidan muddao nima?

Donald Tramp afg‘on tuprog‘ida. Uning tashrifidan muddao nima?

AQSh prezidenti Donald Tramp xavfsizlikni taminlash maqsadida avvaldan ma’lum qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi.

U Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashuv o‘tkazdi. Sungra Bagramdagi harbiy bazaga borib, u yerdagi harbiy xizmatchilarni noyabr oyining har oxirgi payshanbasida nishonlanadigan Shukronalik kuni bilan tabrikladi va ular bilan birga tushlik qildi.

Trampning ta’kidlashicha, AQSh Afg‘onistondagi harbiy harakatlarni to‘xtatib, «Tolibon» bilan muzokaralarni qayta boshlamoqchi, chunki toliblar kelishuv tuzishni istashmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, bu Trampning Afg‘onistonga birinchi tashrifi bo‘ldi. Harbiy hududlarga esa ikkinchisi bo‘ldi, o‘tgan yili AQSh rahbari «Rojdestvo» bayrami arafasida Iroqdagi harbiy bazaga tashrif buyurgandi.

Shuningdek, Tramp 2019 yil 30 iyunda ikki Koreya chegarasida kutilmaganda paydo bo‘lib, KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring