Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlatning yordam puliga ko‘z olaytirayotganlar okeanortida ham topiladi

Davlatning yordam puliga ko‘z olaytirayotganlar okeanortida ham topiladi

Foto: «Luxurycarrental.ae»

Amerikalik tadbirkor koronavirus epidemiyasi sharoitida korxonalarga yordam beruvchi dastur doirasida ajratilgan mablag‘ga «Lamborghini Huracan» sportkarini sotib oldi. Bu haqda «NBC News» xabar bergan.

Dastlab Mayami fuqarosi davlatdan 13,5 million dollar yordam pulini ajratishni so‘ragan. Biroq bank «atigi» 3,9 million dollar berishga rozi bo‘lgan. Dastur shartiga ko‘ra, biznesmen pulni xodimlariga ish haqi sifatida to‘laydigan bo‘lsa, pulni qaytarmasligi mumkin edi.

Shunga qaramay, «yordamga muhtoj odam» 318 ming dollarga Italiya sportkarini sotib olishga qaror qilgan.

Federal prokuratura uni firibgarlikda ayblamoqda. Tadbirkorning hisobida bo‘lgan barcha mablag‘ va mashina musodara qilingan. Amerikalik 30 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinib, million dollargacha jarimaga tortilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring