Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Syurixda qutqaruv operatsiyasi barbod bo‘ldi: jinoyatchi garovdagilarni o‘ldirdi

Syurixda qutqaruv operatsiyasi barbod bo‘ldi: jinoyatchi garovdagilarni o‘ldirdi

Foto: Christophe Ena/AP

Qurolli kishi Shveysariyaning Syurix shahrida ikki nafar ayolni garovga oldi. Politsiyaning qutqaruv operatsiyasi boshlangach, qurolli shaxs garovdagi ikki ayolni ham o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda Lenta.ru xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchi 60 yoshda, qurbonlardan biri 34, ikkinchisi esa 38 yosh edi. Qotil Shveysariyada tug‘ilgan, ayollarning millati ochiqlanmagan. Jinoyat sabablari ham hali aniq emas.

Politsiya ayollardan biri qo‘ng‘iroq qilib yordam so‘ragach, 6 daqiqa ichida yetib kelgan. Bir vaqtning o‘zida shovqin eshitgan qo‘shni ham politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.

Qurollangan erkak politsiyadan tezda ortga qaytishini talab qilib, garovdagilarni o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Uch soat davom etgan muzokaralardan so‘ng, unga 10 daqiqa ichida taslim bo‘lish taklif qilingan. Ko‘p o‘tmay, kvartiradan o‘q ovozlari eshitilgan. Maxsus kuchlar guruhi xonaga zudlik bilan bostirib kirishadi va o‘qdan yaralangan og‘ir ahvoldagi uch kishini topishadi. Shifokorlar hech birining jonini saqlab qolisholmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring