Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chang bosib yotgan eski choynak yarim million dollarga sotildi

Chang bosib yotgan eski choynak yarim million dollarga sotildi

Foto: «Hansons Auctioneers/Instagram»

Britaniya fuqarosi boloxonada Xitoyning Syanlun imperatori hukmronligi davriga oid choynakni topib oldi. U «Hansons Auctioneer» auksionida 495 ming dollarga sotildi, deb yozadi UPI portali.

Sobiq egasining so‘zlariga ko‘ra, idishni bobosi Ikkinchi jahon urushi davrida Osiyodan Buyuk Britaniyaga olib kelgan. U bobosidan qolgan yodgorlikni antiqa buyumlar do‘koniga sotmoqchi bo‘lgani, lekin ekspert bilan maslahatlashishga qaror qilganini tan oldi.

Idishning boshlang‘ich narxi 50 ming dollar bo‘lgan. Biroq sakkiz nafar xaridor o‘zaro talashaverib, narxni tinmay ko‘tarishi natijasida qariyb o‘n barobar qimmatga sotildi.

Uni nomi sir saqlanayotgan londonlik auksion ishtirokchisi xarid qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring