Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyragini «ayfon»ga almashtirgan yigit nogiron bo‘lib qoldi

Buyragini «ayfon»ga almashtirgan yigit nogiron bo‘lib qoldi

Foto: «Twitter»

Van doim tengqurlaridan, zamondan ortda qolmaslikka tirishardi. Orzusini amalga oshirishda «yordam beruvchilar»ni esa internetda topdi.

«Ayfon»li bo‘lish uchun bitta buyragini sotishga ahd qilganida 17 yoshli sog‘lom yigitcha edi. Hozir 25 yoshda va nogiron...

Yashirin operatsiyani ikki nafar jarroh o‘tkazdi, ular Vanning bitta buyragini kesib olib, evaziga kelishilgan 22 ming yuanni berishdi. Yigitcha operatsiyadan chiqiboq «iPhone 4» va «iPad 2» sotib olib, so‘ng uyiga qaytdi. Ota-ona bexabar...

Ammo Vanning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Ahvoli keskin yomonlashdi, yakka buyragi zo‘riqib qoldi. Sir ochildi, unga buyrak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yildi. Endi u nogiron. To‘shakka mixlanib qolgan, doimiy qarovga muhtoj, qonini sun’iy buyrak tozalab beryapti.

Foto: ifeng.com

O‘z vaqtida ushbu voqea Xitoyda katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi. Vositachilar va jarrohlar qamalib ketdi. Vanning oilasiga yetkazilgan zarar uchun 1,47 million yuan undirib berildi. Biroq to‘laqonli hayotni endi unga hech kim qaytara olmaydi. Afsus.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring