Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Burkina-Fasoda terrorchilik hujumi natijasida 36 kishi halok bo‘ldi

Burkina-Fasoda terrorchilik hujumi natijasida 36 kishi halok bo‘ldi

Foto: «rtb.bf»

Burkina-Faso shimolida terrorchilik hujumi natijasida kamida 36 kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi mahalliy «RTB» radiostansiyasi mamlakat hukumati bayonnomasiga tayanib.

«20-yanvar — dushanba kuni qurollangan terrorchilar guruhi Nagraogo bozoriga bostirib kirdi. U yerda 32 nafar hamyurtimizni o‘ldirdi, bozorga o‘t qo‘ydi va ortga chekinayotganda Alamu qishlog‘i yaqinida yana to‘rt kishini o‘ldirishdi. Bundan tashqari, hujum natijasida uch kishi jarohatlangan», deyiladi bayonnomada.

Hukumat halok bo‘lganlar va jarohat olganlarning oilasiga hamdardlik bildirdi.

Hozirgacha birorta ham tashkilot hujumni o‘z bo‘yniga olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring