Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun: Tramp Amerika xalqiga o‘ta muhim bir gapni aytmoqchi

Bugun: Tramp Amerika xalqiga o‘ta muhim bir gapni aytmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika xalqiga bugun, 27-oktyabr kuni maxsus murojaat qiladi. Bu haqda CNBS telekanali xabar berdi.

Oq uy vakili Hogan Gidli ma’lum qilishicha, murojaat Vashingtonda soat 9:00(Toshkent vaqti bilan 18:00)da boshlanadi.

Murojaat mavzusiga aniqlik kiritilmagan.

E’tiborli jihati, bungacha Amerika lideri «Twitter» sirli post qoldirgandi, unda «Hozirgina muhim bir narsa sodir bo‘ldi!», degan yozuv qoldirilgandi.

Nima sodir bo‘lgani haqida turli taxminlar ilgari surilyapti, chindan ham nima bo‘lganini esa yaqin uch-to‘rt soat ichida bilib olamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring