Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bu Rossiya uchun o‘ta halokatli bo‘ladi» — Bayden keskin bayonot berdi

«Bu Rossiya uchun o‘ta halokatli bo‘ladi» — Bayden keskin bayonot berdi

Foto: Russia Today.

AQSh prezidenti Jo Bayden «Ukrainaga hujum qilish» oqibatlari Rossiya uchun halokatli bo‘lishini aytdi.

«Agar ular Ukrainani zabt etishda davom etsalar, bu Rossiya uchun falokat bo‘ladi. Agar ular (ruslar - tahr.) buni qilsalar uzoq muddatda katta tovon to‘laydilar».

Bu haqda Bayden davlat rahbari sifatidagi birinchi yil yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ukraina chegaralari yaqinida qo‘shin to‘plashi va harbiy mashg‘ulotlarning kuchayishi fonida G‘arb OAVlarida Ukrainaga hujum borasida bot-bot xabarlar berilmoqda. Buyuk Britaniya Ukrainaga maxsus qurollar jo‘natayotgan bo‘lsa, NATOning boshqa davlatlari ham Rossiya keng miqyosda javob berishlarini bildirgan. 

Avvalroq AQShda shaxsan Putinga qarshi sanksiyalar ishlab chiqilayotgani haqida xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring